Yo'lboshlar yo'lidan ozdi gohida,
Sozida olovli bir qudrat ko'rdim
Xudbinlik ogirroq kelgan chog'ida
Dadaxon Hasanni eshitmay quydim
Yuz yil yuragimga yozildi nola,
shijoat to'lqinin shunchalar suydim.
Muhammad Colihga bitgach qasida,
Dadaxon Hasanni eshitmay quydim.
Qasida bitguday odam bormi, kim...?
Ohh so'zin eshitib hazilga yo'ydim
bir butun xalqni u demoqda mulkim.
Dadaxon Hasanni eshitmay quydim.
Birlik qani deydi qaydadir o'zi
Doyaga mulkmi ayt borliq vujudim
Shuncha tubanlikka og'dimi so'zi
Dadaxon Hasanni eshitmay quydim.
Quyningda ilonlar uyg'ongim bolam,
Ogoh etguvchini g'aflatda ko'rdim
Kuy o'rnin dard bo'lib to'ldirdi nolam,
Dadaxon Hasanni eshitmay quydim.



