|
Муаллиф: : Oqila / Ёзилиш санаси : 2006-02-20 Фойдаланувчиларни сўроқлаш натижалари бўйича рейтинги : 0
Dunyo qiziq ekan... Ba'zida bir og'iz gapi uchun kimnidir qahramon qilib ko'taramiz-u, lekin bir butun umrini nimagadir fido qilgan odamdan tinmay xato izlaymiz. Bu bilan Abdurahim Po'latovni o'zim singari fikrlarini bildirayotgan yurtdoshlarim orasida "yo'qlab chiqish" niyyatidan uzoqman. Agar imkoniyat bo'lganda bu ishni kattaroq davralarda qilgan bo'lardim. Mabodo yurtdoshlarim maqtov aytadigan odamdan ko'ra, tanqid qiladigan odamni obro'yi balandroq bo'ladi degan iboraga amal qilayotgan bo'lishsa, obro'lari juda oshib ketdi nazarimda. Bir student ukamizning Torontodan yollagan maktublarini o'qib uylanib qoldim. Ukamiz Birlik liderining odamlarning xatlariga javob yozishiga munosabat bildiribdilar. Sizning uka Kanadada ta'lim olayotganingizga shubham bor. Yo'qsa partiyaning eng oddiy odamlatdan tashkil bo'lishini, bugun savol betayotgan odam ertaga shu partiyaning aktiv a'zosi bo'lishi mumkinligini tushungan bo'lardingiz. (agar boshqa biror partiya a'zosi bo'lgani uchun ermaktalablik qilmayotgan bo'lsa) Yoki hali student bo'lishingizga qaramay O'zbekistonda mavjud tuzim, aniqroq aytadigan bo'lsam mansabdor o'zidan "pastroq" tabaqadagi odamlar bolan "Osh olishmaslik" kasali qon-qoningizga singib ketibdi. Kezi kelganda men ham o'z fikrimni bildirib quymoqchiman. Hammasi bir-birini gapini sal boshqacha qilib gapiraveradigan bir guruh odamlar bor. Mantiqsiz gaplardan zerikib ketaman ba'zan. Siz aziz yurtdoshlarim nahotki A.Po'latov o'sha hammadan o'zgacha yo'lga, o'zgach fikrga, o'zgacha maqsadga ega yo'lbosh ekanligini anglamayotgan bo'lsangiz. Muxolifat to'g'risida fikrlarimni jamlamoqchi bo'lgan mahalim mashhur masalchi adib Krilovning uch tomonga tortilayotgan arava to'g'risidagi masali yodimga tushaveradi. Birovni tan olgani va bitta bayroq ostida katta yolga chiqqani manfaat degan balo yo'l bermayapdi. Biz o'zimizni engmasak yovni qanday engamiz...?
|